Shahrixonsoydan topilgan qiz qirg‘izistonlik bo‘lib chiqdi
3-sahifa
−
15 iyul
13862Avvalroq, Andijon viloyatidagi Shaxrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgani xabar qilingandi. Endilikda qiz Qirg‘izistondan ekani aytilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Xo‘jaobod tumanidagi Shahrixonsoydan topilgan taxminan 5-6 yoshli qizaloq Osh shahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda. Yuborilgan fotosurat orqali Oshdagi oila vakili bu qizaloq uning o‘z oilasidan ekanini tasdiqlagan", deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, hozirda oila vakili Xo‘jaobod tumani sari yo‘lga chiqqan. Viloyat hokimligi va tegishli organlar tomonidan mazkur oilani qo‘llab-quvvatlash harakatlari tashkil etildi.
Qirg‘iziston nashrlarining yozishicha, qizning jasadi “Do‘stuk” chegara posti orqali Qirg‘iziston tomoniga topshirilgan. Qutqaruvchilar ikki ayol va yana ikki qizni qidirishni davom ettirmoqda
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kecha, 14 iyul kuni kuchli sel kelishi kuzatilib, Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida bozor va yo‘llar suvga to‘lgandi. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan va joylarda qolib ketgan 420 kishi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi