Shaxmat. O‘zbekiston termasi Osiyo o‘yinlari bronza medaliga ega chiqdi
Sport
−
07 Oktabr 2023
5273Bugun, 7 oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining shaxmat dasturi bo‘yicha hal qiluvchi bahslar o‘tkazildi. Unda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi mamlakat delegatsiyasi hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ygan.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev Jahongir va Shamsiddin Vohidovlardan iborat O‘zbekiston termasi hal qiluvchi 9-turda Tailand vakillariga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoa o‘z hisobidagi ochkolar sonini 14 taga yetkazib oldi va bronza medalini naqd qildi.
Eron erkaklar terma jamoasi 16 ochko bilan shaxmat bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hindiston termasi 15 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka esa o‘zbekistonlik shaxmatchilar yakun yasadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari chempioniga aylangan edi.
LiveBarchasi