Shaxmat: Tohirjonova boshchiligida AQSH ayollar jamoasi Olimpiadada sovrindor bo‘ldi
Sport
−
23 Sentabr
8402Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari yakunlandi. Turnir yakunlariga ko‘ra ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova boshchiligidagi AQSH ayollar jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
AQSH ayollar jamoasi 11 ta imkoniyatdan 17 ochko jamg‘ardi. Bu borada 2-o‘rin Qozog‘istonga, 1-o‘rin esa Hindiston jamoasiga nasib etdi.
AQSH jamoasi vakili 25 yoshli Gulruhbegim Tohirjonova 11 ta turdan 10 tasida raqiblarga qarshi dona surib, 3 ta partiyada raqiblaridan ustun keldi va yana 4 ta bahsda durangga imzo chekdi.
O‘zbekiston ayollar jamoasi esa 16 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi. Musobaqa davomida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufar Yoqubboyeva va Nodira Nodirjonova mamlakat sharafini himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadani 3-o‘rinda yakunlagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi