Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘olib aniqlandi

Sport

−

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi yakunlandi. Musobaqada norvegiyalik Magnus Karlsen g‘olib bo‘ldi. 

Finalda Karlsen hindistonlik Praggnanandhaa bilan to‘qnash keldi. Dastlab 2 ta klassik partiyada durang qayd etildi. Tay-brekda tezkor shaxmatda esa Norvegiya vakilining qo‘li baland keldi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda amerikalik Fabiano Karuana mezbon shaxmatchi Nijat Abbasovni tay-brekda mag‘lub etdi.

Magnus Karlsen shaxmat toji uchun nomzodlar turnirida qatnashishdan voz kechgani uchun uning o‘rniga 4-o‘rinni egallagan Nijat Abbasov shaxmat toji uchun kurashadi.

G‘olib va sovrindorlarga taqdim etilgan pul mukofotlari:

1-o‘rin: 110 ming AQSH dollari;
2-o‘rin: 80 ming AQSH dollari;
3-o‘rin: 60 ming AQSH dollari;
4-o‘rin: 50 ming AQSH dollari.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing