Shaxmat bo‘yicha Prezident kubogining 6-kungi bahslari yakunlandi

Sport

image

Joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda 6-tur o‘yinlari ortda qoldi. Ushbu musobaqada dunyoning 9 ta davlatidan jami 104 nafar shaxmatchi dona surmoqda.

6-tur o‘yinlaridan keyin musobaqada 4 nafar peshqadam shaxmatchi ajralib turibdi. Jumladan, o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov oq donalarda Ukraina vakili Aleksandr Moisenko ustidan g‘alabaga erishdi. Nodirbek Yoqubboyev esa qora donalarda boshqa bir ukrainalik shaxmatchi Vitaliy Sivukni mag‘lub etdi. Har ikki grossmeyster o‘z ochkolari sonini 5 taga yetkazib olgan holda peshqadamlar safidan joy oldi.

Shuningdek, rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov esa 6-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan Timur Gareyevni dog‘da qoldirib, qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra 1-o‘ringa joylashdi. Shuningdek, ukrainalik Vitaliy Bernadskiy ham 6-turda amerikalik Xans Niyemann ustidan g‘alabaga qozonib, 5-ochkosini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov esa rossiyalik Maksim Matlakov bilan durangga erishgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDE ustasi Muhiddin Madaminovni dog‘da qoldirdi. Ushbu natijalardan keyin Sindorov va Abdusattorov hisobidagi ochkolar soni 4,5 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Prezident kubogi” xalqaro turnirida 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro master va ko‘plab FIDE ustalari ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, xalqaro turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 120 000 AQSH dollaridan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Yoqubboev Shamsiddin Vohidov Javohir Sindorov Shaxmat

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made