Sindorov Ginnesga kiritilgan turnirda ishtirok etadi

Sport

image

O‘zbekistonlik 18 yoshli grossmeyster Javohir Sindorov Rossiya poytaxti Moskva mezbonlik qiladigan “Aeroflot Open” turnirida ishtirok etadi. Bu haqda “UzChess” loyihasi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Sovrin jamg‘armasi 15 million rublni (165 ming AQSH dollari) tashkil qiluvchi turnir 2-8 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Aeroflot Open” turniri 2002 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va 2004 yilda bo‘lib o‘tgan musobaqa dunyodagi eng yirik shaxmat turniri sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olibi hamda “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi hisoblanadi. U 2019 yilda grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing