Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasidagi vakolatidan voz kechdi
Olam
−
09 yanvar 2020
6853Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning amerikalik rafiqasi Megan Markl ularga unvoni bo‘yicha ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan voz kechib, o‘zlari mehnat qilishga qaror qildi.
“Ko‘p oy davomida o‘ylab va mulohaza yuritib mana shu institut (monarxiya) ichida asta-sekin yangi progressiv rolga o‘tishga qaror qildik. Biz qirollik oilasining “yuqori martabali” a’zolari oldida hisobdorlikdan qutilish va moliyaviy mustaqil bo‘lish uchun chetga chiqmoqchimiz. Shu bilan birga qirolicha Zoti Oliyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, degan Sasseks gersog va gersoginyasi.
Aftidan, Megan Markl turmush o‘rtog‘ini Amerikada yashashga ko‘ndirgan ko‘rinadi. Ular endilikda vaqtini okean orti va Britaniyada o‘tkazishini ma’lum qilgan.
“Endi biz qirolicha, millatlar birligi va biz homiyligimizdagi tashkilotlarni hurmat qilishni davom ettirib, vaqtimizni Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerika o‘rtasida bo‘lishga qaror qildik”, deyishgan shahzoda Garri va Megan Markl.
Qirollik oilasining rasmiy harajatlari hukumat ajratadigan “suveren grant” hisobidan qoplanadi. Grant tojga va hukumatga tegishli ko‘p milliartli mulklardan kelgan daromad hisobidan shakillantiriladi.
LiveBarchasi