Shahzoda Charlz nabirasi Archiga unvon bermaydi — OAV 

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o‘g‘li, valiahd shahzoda Charlz nabirasi Archining (Sasseks gersogi Garrining o‘g‘li — tahr.) shahzoda unvonini olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda “Daily Mail” o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, Uels shahzodasi taxtga o‘tirgandan so‘ng, qirol oilasining asosiy a’zolari sonini cheklashni rejalashtirmoqda, bunda Sasseks gersogi Garri va Megan Marklning o‘g‘li unvonga ega bo‘la olmaydi. 

“Hatto Charlz podshoh bo‘lganida ham, Archi hech qachon shahzoda bo‘la olmasligi haqida Garri va Meganga xabar berilgan”, deyilgan nashrda. 

Ommaviy axborot vositalarida ta’kidlanishicha, shahzoda Charlz rejalashtirgan islohot rasman e’lon qilinmagan. Taxmin qilinishicha, u amalga oshirilgandan so‘ng faqat taxt vorislari va ularning eng yaqin qarindoshlari unvonlarga ega bo‘ladi va ularga davlat hisobidan moddiy yordam va politsiya himoyasi amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining oila a’zolariga nabirasi shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning haqiqatga mos kelmaydigan har qanday bayonotlarini rasmiy ravishda rad etishga ruxsat bergandi.  

Bunga Sasseks gersogi Garrining yangi tug‘ilgan qiziga Lilibet ismini bergani sabab bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl joriy yilning 4 iyun kuni ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Qizaloqqa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Garrining onasi — malika Diana sharafiga Lilibet Diana deya ism qo‘yilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Yelizaveta II ni tor oilaviy doirada Lilibet deya chaqirishadi.   

Hozirda shahzoda Garri va uning rafiqasi Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. Ularning ilk farzandi Archi 2019 yil 6 mayda dunyoga kelgan. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Archi

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing