Shahrisabzda mudhish YTH: Nexia ag‘darilib, ikki kishi vafot etdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 11 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Nexia rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha,  YTH 11 iyul soat 23:00 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Shahrisabz shahar “Qo‘shxona” MFYdan o‘tgan 1171 km.da yuz bergan. Shahrisabz shahar “Bo‘ston” MFYda yashovchi fuqaro Sh.Sh. Nexia rusumli avtomobilida Toshkentga qarab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobilda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar F.J. va S.Q. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mashina haydovchisi Sh.Sh. hamda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro R.U. tan jarohati olib, Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing