Shahrisabzda 96 yillik maktabning tomi qulab tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 6-maktabning hali ham foydalanishda bo‘lgan binosi tomi qulab tushgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, Shahrisabz shahridagi 6-sonli maktabning 1926 yilda loy paxsadan qurilgan binosi o‘rniga 2017 yil investitsiya dasturi asosida 630 o‘rinli zamonaviy yangi o‘quv binosi qurilgan. U yerda hozirda 1064 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. 

Maktabda qurilish tiklash ishlarini viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Sa’dullo bobo” MCHJ amalga oshirgan. Ob’ektning qiymati 2,27 mlrd so‘mni tashkil etgan.

“Tasvirda aks etgan holat maktabning eski binosida sodir bo‘lgan. U 1926 yilda qurilgan bo‘lib, ushbu binodan 2017 yildan buyon foydalanilmaydi. Maktab binosini eskirgan tom qismini qulab tushishi oqibatida biror-bir maktab mas’uli yoki pedagogga shikast yetmagan.

Hozirda esa tasvirda ko‘rsatilgan parta, stul hamda mebel jihozlardan maktab ma’muriyatida foydalanilmaydi. Demografik o‘sishni inobatga olib 2025 yillarda maktabga qo‘shimcha bino qurilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Shahrisabz

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing