Shahrisabz shahri 2024 yilgi IHT turizm poytaxti etib tanlandi

Jamiyat

image

Shahrisabz shahri Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining  (IHT) 2024 yilgi turistik poytaxti etib tanlandi. Ushbu qaror 13 dekabr kuni onlayn rejimda bo‘lib o‘tgan  IHT davlatlari turizm vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilindi. Bu haqda  IHT matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. Abduhakimov turizm madaniy an’analarni qo‘shish orqali mintaqa xalqlarini birlashtiruvchi eng mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. 

O‘z navbatida,  IHT Bosh kotibi Xusrav Noziri turizm sohasi tashkilotning 2025 yilga mo‘ljallangan rejalariga muvofiq rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, IHT mintaqasida YUNESKO ro‘yxatidan o‘tgan 74 ta Jahon merosi mavjud. 

IHT Bosh kotibi xorijlik sayyohlar uchun chegaradan o‘tish tartib-qoidalarining soddalashtirilgani, viza rejimining yengillashtirilishi va liberallashtirilishi butun mintaqada turizm industriyasini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Yig‘ilish ishtirokchilari a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning umumiy asosi sifatida IHT mintaqasida COVID-19dan keyin turizmni jadal tiklash, xavfsiz va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni qabul qildi, shuningdek, O‘zbekistonning Shahrisabz va Turkiyaning Erzurum shaharlari 2024 va 2025 yillarda  IHT turizm poytaxti sifatida tanlandi.

Shuningdek, turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi va e’lon qilindi.

IHT turizm vazirlarining navbatdagi 5-yig‘ilishi 2023 yilda Eronning Ardabil shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

IHT Shahrisabz

Baholaganlar

72

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing