Sammitga kelgan yetakchilar Toshkentni tark etdi
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
8498Toshkent shahri navbatdagi yirik tadbir – Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitiga mezbonlik qildi. Sammitdan so‘ng unda qatnashgan davlat va hukumat rahbarlari o‘z yurtiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Dastlab Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Toshkentni tark etgan edi. Keyin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar birin-ketin Toshkentni tark etdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov ham o‘z mamlakatiga qaytib ketdi. Uni aeroportda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Kechga borib, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ham mamlakatni tark etdi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.
LiveBarchasi