Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori jinoiy ish figurantiga aylandi

Jamiyat

image

Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida, Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X. 62,9 mln so‘m hajmdagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u bu pullarni muzey-qo‘riqxonada haqiqatda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Shahrisabz Davlat muzey-qo'riqxonasi

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing