Shahrisabz aeroportida parvozlar qayta tiklanadi

Jamiyat

image

Shahrisabz shahridagi aeroport yana qayta o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi. Toshkent-Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martagacha oshiriladi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko‘payadi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning 2022 yil 26 oktyabr kuni “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan bo‘lib, ushbu hujjatda Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash haqida band keltirilgan.

Avvalroq, Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish o‘tkazayotgani xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Shahrisabz aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing