Shahrisabz hokimi bir oyga ham chidamadi. O‘rniga yangisi keldi
Jamiyat
−
28 noyabr 2023
10418Bugun, 28 noyabr kuni xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Bo‘riyev 1982 yilda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U Qarshi davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
U tayinlovga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni Akamurod Avazovich Uzoqov Shahrisabz shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi