Shahrixonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82,2 mln so‘m talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82,2 mln so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Shahrixon tumanidagi “Yakka tut” MFY mansabdor shaxslari tomonidan kam ta’minlangan oilalar toifasiga kirmaydigan 51 nafar fuqarolarga asossiz ravishda moddiy yordam pullari to‘lab berilishi oqibatida 82,2 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan MFY mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a,v,g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet talon-toroj Shahrixon

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing