Shahram ko‘tarildi, u Shohjahon bilan yonma-yon
Sport
−
02 Sentabr 2019
5427Butunjahon boks assotsiatsiyasi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bir necha kun oldin kolumbiyalik raqibini nokautga uchratgan Shahram G‘iyosov birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (63,5 kilogramm) o‘ninchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu vaznda boshqa bir bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi kabi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ikkinchi yengil vazn toifasida (55,34 kilogramm) Murodjon Ahmadaliyev reytingning ikkinchi pog‘onasida qolgan.
Birinchi o‘rta vazn (69,85 kilogramm) toifasida Isroil Madrimov ikki pog‘ona yuqorilagan va oltinchi o‘ringa joylashgan.
LiveBarchasi