Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi tasdiqlandi
Sport
−
06 yanvar
7151Yarim o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazadigan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosovning profboksdagi 15-jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
G‘iyosov 24 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida meksikalik Pablo Sezar Kano bilan jang qiladi. Ushbu to‘qnashuv da’vogarlik maqomida o‘tadi, ya’ni jang g‘olibi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.
Ta’kidlash joiz, o‘zbekistonlik bokschining raqibi shu vaqtga qadar ikki marta jahon chempionligi uchun ringga ko‘tarilgan, biroq har ikki jangda raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov hozirgacha profboksda 14 ta jang o‘tkazgan va janglarning barchasida g‘alaba qozongan. 9 ta bahsda raqibini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan. 34 yoshli Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazib, 35 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
LiveBarchasi