Shahram G‘iyosov og‘ir judolikka uchradi
Sport
−
22 mart 2025 125017 1 daqiqa
O‘zbekistonlik taniqli bokschi Shahram G‘iyosovning ikki yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda bokschining Instagram'dagi muxlislar sahifasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bir necha kun avval bokschining qizi olamdan o‘tgan. Hozircha qizaloqning o‘limi sabablari ma’lum emas.
Qayd etish joiz, 31 yoshli G‘iyosov 12 aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan profboks oqshomida ringga ko‘tarilishi belgilangan. Uning bo‘lajak raqibi nomi hozircha e’lon qilinmadi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart