Shahnoza Mirziyoyevaning mushugi yo‘qolib qoldi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2025 38448 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaning mushugi yo‘qolib qoldi. Bu haqda u o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 11 oktyabr kuni Toshkent shahrida mushuk yo‘qolgan. Shahnoza Mirziyoyeva fuqarolarga murojaat qilib, uni topishda yordam so‘radi, mushuk oila bilan yillar davomida birga yashagan va ayniqsa bolalar uchun juda qadrli bo‘lgan.
Mushuk Qorasuv-1 (sobiq Lunacharskiy) hududida g‘oyib bo‘lgan. Oila butun mahallani aylanib chiqqan va e’lonlar yopishtirgan, lekin hech qanday natija yo‘q.
“U – oilamiz a’zosi, ayniqsa bolalar uchun juda qadrli. Iltimos, uni uyga qaytarishda yordam bering. Aloqa uchun +99888-102-77-70”, deb yozdi Shahnoza Mirziyoyeva.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025