SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Ostonada yig‘iladi
Olam
−
05 iyun
5562Joriy yilning 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sammitda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.
“Forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot bo‘yicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda”, deyiladi Oqo‘rda xabarida.
Ma’lumot uchun, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston SHHTning a’zolari hisoblanadi. Belarus, Mo‘g‘uliston va Afg‘oniston esa tashkilotdagi kuzatuvchi davlatlardir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 4 iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti onlayn formatda o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi