SHHT kengayishi nimani anglatadi? Bosh kotib izoh berdi

Olam

image

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min tashkilot qadriyatlarini baham ko‘rishi mumkin bo‘lgan yangi a’zolarni qabul qilishga tayyor deb hisoblaydi. U ko‘p sonli davlatlarning SHHTga a’zo bo‘lish istagi tabiiy va mantiqiy jarayon ekanini bildirdi. Bu haqda Chjan Min assotsiatsiyaga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Hindistondagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi

“Men SHHTning rivojlanishi va kengayishini ilhomlantiruvchi hodisa deb bilaman. Bu SHHT 20 yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelayotgan asosiy me’yor va qadriyatlar tobora e’tirof etilayotganidan dalolat beradi”, dedi Chjan Min.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, SHHTning kengayishi ongli ravishda intilinayotgan natija emas, balki tabiiy va mantiqiy jarayondir. SHHT ochiq tashkilot bo‘lib, uning qadriyatlari va tamoyillariga sherik bo‘lgan yangi a’zolarni qabul qilishga tayyor.

Chjan Min hozir SHHT tarkibiga sakkizta davlat (Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston) a’zo ekanini eslatgan. Yana to‘rt davlat kuzatuvchi maqomiga ega (Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston). Ayni paytda Belarus va Eronning SHHTga a’zo bo‘lish jarayoni davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, SHHTga a’zo bo‘lgan va kuzatuvchi davlatlardan tashqari 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar ham bor. Shu yilning 5 may kuni Hindistonda Quvayt, Maldiv orollari, Myanma Ittifoqi Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklariga SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish bo‘yicha memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Chjan Min Shanxay Hamkorlik Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing