Turkiya SHHTga a’zo bo‘lmoqchi
Olam
−
12 iyul
6714Turkiya Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 11 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti arafasida jurnalist bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
“Hozirda SHHT kuzatuvchisi maqomiga ega bo‘lgan Turkiya tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lishni maqsad qilgan. Shanxay beshligiga qo‘shilishimiz kerak”, degan Erdo‘g‘an matbuot anjumanida.
U joriy yilning 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida ishtirok etib, bu masalani Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan muhokama qilganini ham qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, SHHT Bosh kotibi Chjan Min Turkiya NATOga a’zo bo‘lishiga qaramay, tashkilot faoliyatida faol ishtirok etishini, bu boshqa davlatlarga qarshi qaratilmaganini aytgandi. Minning so‘zlariga ko‘ra, turk tomoni bilan o‘zaro hamkorlik tashkilot nizomida belgilangan tamoyillar asosida olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan mamlakatning BRICSʼga a’zo bo‘lmoqchiligini aytgandi va bu masala ittifoq vazirlarining Nijniy Novgoroddagi yig‘ilishida muhokama qilinishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi