Seysmologlar yaqin kunlarda 7-8 balli zilzilalar bo‘lishini prognoz qildi
Olam
−
11 aprel 2024 104816 1 daqiqa
Niderlandiyalik seysmolog olim Frank Hogerbits boshchiligidagi Seysmik faollik bilan bog‘liq osmon jismlari orasidagi geometriyani kuzatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti 11-13 aprel kunlari seysmik zonalardan birida kuchli zilzila bo‘lishini prognoz qildi. Bu haqda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.

Seysmolog olim Frank Hogerbitsning aytishicha, to‘rtta sayyora birikmalarining yaqinlashishi taxminan 11 dan 13 aprelgacha katta seysmik faollikni keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 6 fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalardan ikki kun oldin Frank Hugerbits va uning jamoadoshlari mazkur usuldan foydalanib, Turkiyaning janubi-sharqi, unga qo‘shni Suriya, Iordaniya va Livan bilan chegaradosh hududlarida yaqin kunlarda 7,5 magnitudalik kuchli zilzila bo‘lishini prognoz qilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust