Sevgi izhori uchun qamalgan erkak sakkiz yil o‘tib oqlandi
Olam
−
02 iyul 2025 14008 1 daqiqa
Hindistonda sevgi izhor qilgani uchun 3 yilga qamalgan erkak voqeadan sakkiz yil o‘tib oqlandi. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Bombey Oliy sudi 25 yoshli erkakni 2017 yilda 17 yoshli qizga sevgisini bildirgani uchun unga qo‘yilgan jinsiy zo‘ravonlik ayblovidan ozod qilgan. Sud qarorida aytilishicha, agar biror harakatda aniq jinsiy tus yoki tegishli xatti-harakat bo‘lmasa, oddiy his-tuyg‘ularni ifoda etishni zo‘ravonlik sifatida baholab bo‘lmaydi.
Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 2015 yilda 11-sinfda o‘qiydigan qiz o‘zining amakivachchasi bilan ko‘chada ketayotganida erkak ularni to‘xtatib, qizning qo‘lidan ushlab “Men seni sevaman” degan. Shundan so‘ng politsiya unga qarshi jinoyat ishi ochib, 2017 yilda sud uni uch yilga ozodlikdan mahrum etgan. Erkak bu qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilgan.
Erkakning advokati mijozining harakatlarida na qayta aloqa, na jismoniy majburlash va na jinsiy tusdagi unsurlar bo‘lganini ta’kidlagan. Sud ham shu fikrga qo‘shilib, ayblovni asossiz deb topgan va uni oqlab chiqqan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral