Sevara Nazarxon O‘zbekiston xalq artisti bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli estrada xonandasi Sevara Nazarxon O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar beriladi:

"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan

Qo‘ziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda

Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nazarxonova Sevara Anvarjonovna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

Umarov Valixon Mirvasilevich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissyori

Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari

Amonqulova Nigina Haydarovna - Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining "Daryo" ansambli xonandasi

"O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi" faxriy unvoni bilan

Matchonov Ochilbek Yo‘ldashboyevich - Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm viloyati

"O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni bilan

Ziyaxanov Xurshid Javidovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom

"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni bilan

Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani "Yangi yulduz" madaniyat markazi qoshidagi "Rayhon" ashula va raqs xalq ansambli baxshisi, Surxondaryo viloyati

"O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni bilan

Jalolov Xodjikurban - Respublika "Usto" uyushmasining "Golden Ganch Mansurjon" korxonasi ganchkor ustasi, Samarqand viloyati

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan

Artikova Dilnoza Ilhombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi

Kabdurahmanov Alibek Asatullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijyori

Saidzoda Ozoda Parpiyevna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan

Lutpullayev Xayrulla - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori

Mavloniy Mashhura Igamovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti sanoat mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, akademik

Mirzamahmudov Ismaildjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Farg‘ona viloyati

Sultanov Begdulla Jumashevich - faxriy pedagog, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan

Ikramov Adxam Ilhamovich - O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri

"Imom Buxoriy" ordeni bilan

Naimov Alisher Abdurashidovich - Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi

Usmonov Rahmatillo Ahmatovich - Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili

Elov Jobir Rustamovich - Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Abdualimov A’loxon - Davlatobod tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati

Kamilov Azizjon Yakubjanovich - O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Saparova Raixan Xalmuratovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri faxriy artisti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tuxliyev Boqijon - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori

"Do‘stlik" ordeni bilan

Abduvaxabov Mirzabaxrom - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, kulol, Andijon viloyati

Aripov Tahir Fatixovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

Arslanov Negmat  - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Toshkent viloyati

Ashirbayev Samixan - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri

Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri

Boltayev Bahodir  - Buxoro viloyati musiqali drama teatri aktyori

Bomuradov Bobir Hodiyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Gulamova Marg‘uba Maxamadrasulovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri

Davronov Sherzod Ravshanovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi “Farhod” madaniyat saroyi direktorining o‘rinbosari, xonanda, Navoiy viloyati

Yenin Valeriy Ivanovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

Imomov Xabibulla Mannapovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, milliy musiqa cholg‘ulari ustasi, Toshkent shahri

Karimova Zarifa Gulyamovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti

Kurbonov Saparboy Baratovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, egarchi, Jizzax viloyati

Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali fan, ta’lim va madaniyat bo‘limi mudiri

Matrizayev Kurambay - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Xorazm viloyati

Nazaryan Arsen Ashotovich - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Orziyev Odil Xudjamovich - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli sozandasi

Rahimov Tohir Normatovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Rejametov Zuhritdin Tuganbayevich - O‘zbekiston davlat satira teatri aktyori

Saydaminova Dilaram Axmatovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi faxriy professori, kompozitor

Saliyev Xabibulo Ismailovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot

Satbayev Orazbay Jumabayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tillaboyev Shohid Gapparjonovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi

Tovstenko Liliya Anatolevna - Buxoro shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

Tojiyev Rasuljon Jumabayevich - Farg‘ona politexnika institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich - “Milliy telekanal” mas’uliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi bo‘lim boshlig‘i, kinorejissyor

Shodmonov Nafas Namozovich - Qarshi davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

Abuzalova Mehriniso Kadirovna - Buxoro davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori

Alibekova Alina Yaxyayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi

Vafayeva Xadicha - faxriy pedagog, Samarqand viloyati

Kuziyeva Zulfiya Tashtanovna - Sayxunobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Mahkamova Donaxon Toshtemirovna - Furqat tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati

Muxitdinova Firyuza Abdurashidovna - "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Toshkent davlat yuridik universiteti professori

Tashmatov Urazali Gafurovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi professori

Tojiyev Yuldosh - Bog‘ot tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shnay cholg‘u sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Turdibayeva Ra’noxon Azimjanovna - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

II darajali "Salomatlik" ordeni bilan

Begaliyev Ural Ergashevich - Jizzax shahridagi "Doktor Akmal" xususiy tibbiyot klinikasi urolog-andrologi, Jizzax viloyati

Djalilov Ulugbek Amanbekovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi anesteziolog-reanimatologi

Kadirov Shavkat Umidovich - Akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bolalar bo‘limi neyrojarrohi, Rossiya Federatsiyasi

Kadirxodjayeva Nodiraxon - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul bo‘limi mudiri

Sadiyev Zokir Raxmatovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

Axmedov Baxodir Madjitovich - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

Kurbanov Jamshid Abduburxanovich - Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori

Sharifxodjayev Usman Ulfatovich - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari

"Sog‘lom turmush" medali bilan

Kulikov Andrey Aleksandrovich - Toshkent shahridagi “ProRun” sport markazi direktori

Najmidinova Gulbaxor Raximjonovna - Jalaquduq tumanidagi “Paxtakor” oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Oxunova Guzal Utkurovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hamshirasi

Turayeva Ulugay Toshtimurovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qorovulbozor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri, Buxoro viloyati

"Shuhrat" medali bilan

Abdullayev Akbar Xalilovich - Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori

Astanakulova Ra’no Xursanovna - Surxondaryo viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya bo‘limi mudiri

Atajanov Sobirjon Abidjanovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Axmedov Ashirali Abduxoliqovich - Toshloq tumanidagi “Xolmatobod” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Farg‘ona viloyati

Axmedov Mansur Shayunusovich - M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli sozandasi

Babamuradov Baxtiyor Achilovich - Buxoro shahridagi madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash-tiklash bo‘yicha restavrator-usta, Buxoro viloyati

Bozorov Xurshed Abdulloyevich - Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Samarqand viloyati

Boyqo‘ziyev Abdunabi - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Ganiyev Aliyorbek Avazovich - Toshkent shahridagi “Ixlos doktor MT” klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri

Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna - “O‘zbekfilm” kinokonserni” davlat unitar korxonasining liboslar bo‘yicha rassomi

Jumanova Mohichexra Zokirovna - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Jurakovskiy Vladislav Emilevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining sahnani yoritish sexi boshlig‘i

Zakirov Timur Vladimirovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

Isxakov Akzamjan Giyazovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi

Ishniyazova Xurshida Xudaybergenovna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi

Kambarov A’zam Maxamadali o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi

Karimov Axtamkul Sattorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Karimov Xakimdjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos

Kasimova Uguloy Xamidovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining dutorchilar ansambli sozandasi

Kurbanov Raxmadjon Abidjonovich - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Mamasharipov Xusanboy Abdunabi o‘g‘li - “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktyori

Mannopov Azizbek Abduvali o‘g‘li - Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari

Marupov Ilhom Islomovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi

Melikuziyev Djaxangir Valijanovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Mirminov Rustamjon Abdumutal o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi

Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li - YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bosh kotibining o‘rinbosari

Niyozov Turab Mamadiyorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Normatov Pulat Gaybullayevich - O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori

Norov Ilxomjon Ashurovich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, baxshi

Ochilova Feruza Murtazoyevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli xonandasi

Rajabova Ibodat Abdullayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Buxoro viloyati

Rahimov Komiljon Rahmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Sayomov Bobirmirzo Abdumajit o‘g‘li - Madaniy meros agentligining muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Tadjiyev To‘lqin Berdiyarovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi

Taxirov Rauf Raxmonovich - Respublika “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, koshinkor usta, Samarqand viloyati

Toshev Azamat Bobokulovich - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Tuychiyev Nadirjon Kazimjanovich - “Andijon” futbol klubining muxlislar klubi raisi, Andijon viloyati

Turdiyev Vaxid Yakubovich - Andijon viloyati yoshlar teatri aktyori

Tuxtayev Oybek Kamolovich - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

Udovenko Olga Yurevna - O‘zbekiston davlat san’at muzeyining O‘zbekiston xalq amaliy san’ati bo‘limi mudiri

Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali teatr san’ati kafedrasi professori, rejissyor, Farg‘ona viloyati

Fayzullayev Vafokul Barnoyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Xamdamova Moxiraxon Yusubbekovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi «Navbahor» ashula va raqs ansambli balet bo‘yicha murabbiysi

Xamidova Xilola Djurayevna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi

Xodjayev Asadjan Azatbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

Xujaniyazova Zilola Turayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Xuraliyev Jumavay Jurayevich - Asaka tumani madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissyori, askiyachi, Andijon viloyati

Xusainov Fayrat Tursunovich - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri drama artisti

Yuldashev Muslum Islamovich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti

Yulchiyev Ilxom Israilovich - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

Yakubova Dilobar Abralbekovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston 24" telekanali "Axborot" bosh muharririyati sharhlovchisi


Maqola muallifi

Teglar

Sevara Nazarxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing