Seulda Yangi yil arafasida qat’iy choralar kuchga kiradi

Olam

image

Ertaga, 23 dekabrdan Janubiy Koreya poytaxti Seulda koronavirusga qarshi xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Bu haqda "Ryonxap" ma’lumot bergan. 

Unga ko‘ra, odamlarning besh kishidan ko‘p bo‘lib yig‘ilishi taqiqlanadi. Ushbu cheklov kelasi yilning 3 yanvariga qadar amal qiladi. Bu ochiq havoda ham, uydagi uchrashuvlarga ham taalluqlidir. 

Qayd etilishicha, Hukumat Yangi yil arafasida qat’iy choralar ko‘rishga qaror qilgan.

Ta’kidlanishicha, 20 dekabr kuni Seulning o‘zida 473 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, bu pandemiya boshlanganidan beri shaharda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Shuningdek, yangi holatlarning aksariyati Seulda aniqlanmoqda. Mamlakatda amal qilayotgan qattiq cheklov choralariga qaramay, vaziyat muarakkabligicha qolyapti. Mamlakat Hukumati avvalroq Seul va uning atrofidagi maktablarni yopgan. Poytaxtda aksariyat ko‘ngilochar joylar yopiqligicha qolmoqda, soat 21:00 dan keyin restoranlar mehmonlarga xizmat ko‘rsatmaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirganlar soni 50 ming 591 nafarni tashkil etmoqda. 35 ming 155 kishi sog‘aygan. 698 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Seul

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing