Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
24 mart 2020
16717Koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘ladi, internet saytlarida AQSH davlatida vaksina ishlab chiqilgani, ushbu vaksina bilan bemorlarni 3 soat ichida davolab yuborsa bo‘ladi deyishayapti, shu to‘g‘rimi? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga murojaat qilindi.
“Bir narsani aniq bilishimiz kerak. Vaksina davolash vositasi emas. U profilaktika jarayonida qilinadigan bir jarayon. Kimdir vaksina yordamida davolabdi deyishsa, bu noto‘g‘ri talqin”, deydi Otabekov savolga javoban.
Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 387 382 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 16 767 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 101 987 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 50 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr