Koronavirus kasalligi qanday holatlarda o‘lim bilan tugaydi?

Salomatlik

image

Kasallik qanday holatlarda o‘lim bilan tugaydi, dunyodagi 14 mingdan ortiq o‘lim, haqiqatdan ham koronavirusdan ro‘y berganmi? Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga murojaat qilindi. 

“Koronavirus infeksiyasi chog‘ida eng og‘ir alomati bu nafas yetishmovchiligi. Surunkali kasalligi mavjud odamlar koronavirus infeksiyasi tufayli vafot etayotgan holatlari bor. Kimning yurak-qon tomiri bilan bog‘liq, jigar kasalliklari, qandli diabet bilan bog‘liq, kasalligi bo‘lsa, ularda ko‘proq o‘lim holati kuzatilmoqda. 

Italiyada o‘lim holatining ko‘p ekanining ko‘pligi ham u yerlarda yoshi katta va surunkali kasalliklari ko‘p odamlar bilan bog‘liq”, deydi Otabekov savolga javoban.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 387 382 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 16 767 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 101 987 virusdan butkul forig‘ bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Nurmat Otabekov

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing