Sergelidagi YTH oqibatida 57 yoshli ayol qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 iyun kuni poytaxt Toshkentda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 57 yashar ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

YTH 27 iyun kuni soat 11:30 da Sergeli tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 44 yoshli Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi Dilmurod A. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 57 yoshli Gulnar K. olgan tan shikastlari sababli shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi – Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni Toshkentda Spark haydovchisi 10 yashar bolani yurib yuborgan. Bolakay shifoxonada vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing