Sergelidagi portlash oqibatida 10 kishi reanimatsiyaga olindi

3-sahifa

image

Bugun, 29 noyabr kuni Sergeli tumanida korxona ishchilarining yotoqxonasida portlash va uning oqibatida yong‘in yuz bergani xabar qilingand. Hodisada voqea joyida bo‘lgan 43 nafar ishchining 18 nafari jarohatlangani aytilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yotoqxonadagi yong‘inda jabrlanganlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga olgan.

Xususan, yong‘in natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi bo‘lib, ularning  10 nafari reanimatsiya bo‘limida davo mulojalarini olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli

Baholaganlar

542

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing