Sergelidagi sexda yirik yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
16 aprel 2021 6093 1 daqiqa
Kecha, 15 aprel kuni soat 23:08 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulot ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Sadiy ko‘chasidagi sexda boshlangan yong‘inni o‘chirish uchun 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, korxonaning 1000 kv metr maydoni alanga ichida qolgan.
Yong‘in 16 aprel kuni soat taxminan 00:10 qurshab olingan va soat 2:05 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot tushmagan.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanyapti.
Live
Barchasi