Sergelidagi saylov bo‘yicha tekshiruv boshlandi – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, viloyat tuman, shahar kengashlari deputatligiga saylovlar o‘tkazildi.

Ovoz berish vaqtida ham undan keyin ham belgilangan normalarga zid harakat yuz berayotgani haqida turli video va fotolar tarqaldi. Shunday xabarlardan biri Telegram`dagi “Safari” kanalida tarqaldi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 426-saylov uchastkasida to‘ldirilmay qolgan byulletenlar alhida xonaga olib kirib ketilgan. Shuningdek, kuzatuvchilar bayonnoma to‘ldirish jarayoniga ham yaqinlashtirilmagan. Jarayon qulflangan eshik ortida bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sergeli tumanidagi saylov uchastkasida yuz bergan holat tekshirilayotgani va tekshiruv natijasi xabar qilinishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, saylovning dastlab ki natijalari bugun, 23 dekabr kuni e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Sergeli saylov

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing