Sergelidagi 3 qavatli uyda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
26 Yanvar 3224 1 daqiqa
Kecha, 25 yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 3 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:17 da Sergeli tumani, Belariq 1-tor ko‘chasida joylashgan 3 qavatli uyning tom qismi yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipaji soat 20:27 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:39 da qurshab olingan va soat 20:51 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr