Sergelida yangi qurilayotgan bino yonib ketdi
Jamiyat
−
23 mart
3859Bugun, 23 mart kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 09:18 da Toshkent shahar Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan va yangi qurilayotgan bino fasad qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olinib, soat 09:42 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketgani haqida xabar berilgandi.