Sergelida Nexia-2 Lacetti bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkent shahrining Sergeli tumanida Nexia-2 va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 4 avgust kuni soat taxminan 21:30 da Sergeli tumanining Lutfkor ko‘chasida Nexia-2 haydovchisi 21 yoshli Eldor J. 45 yoshli Abdumannon A. Boshqarib borayotgan Lacetti rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Lacetti avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urilgan. YTH natijasida ikkala haydovchilar ham tan shikastlari olib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. YTH sababi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli tumani

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing