Sergelida metro yaqinidagi do‘konlarda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi do‘konlarda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:56 da Sergeli tumani, Qanora ko‘chasida joylashgan, yengil konstruksiyadan qurilgan do‘konlarda yong‘in chiqqani haqida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.     

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:01 da yetib borgan. Soat 15:05 da yong‘in to‘liq o‘rab olinib, soat 15:12 da batamom o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori o‘rganilmoqda”, deyiladi FVV xabarida.

Qayd etish joizki, yong‘in chiqqan do‘kon yonidan yerusti metrosi o‘tgan. Toshkent metropoliteni ma’muriyatining bildirishicha, “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi do‘konlarda sodir bo‘lgan yong‘in metro tizimiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida ham yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in metro Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing