Sergelida Kia va Lacetti ishtirokida YTH bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 15 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Kia va Lacetti rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea soat 14:20 larda Sergeli  tumani  Mirzo Tursunzoda-Lutfikor ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1985 yilda tug‘ilgan M.Q. boshqaruvida bo‘lgan Kia rusumli avtomashina va 1995 yilda tug‘ilgan Sh.O.  boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli  avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan. 

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohat olgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida dahshatli avariya ro‘y bergandi. O‘shanda Zeekr rusumli avtomobil chorrahadan qayrilayotgan Kia va Matiz rusumli mashinalarga borib urilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sergeli Lacetti Kia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing