Nozim Husanov Sergeli hokimligidan vazirlikka ko‘tarildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Nozim Husanov bungacha qator banklar rahbariyati, Toshkent shahar hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, yangi tartibga ko‘ra, vazirlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tasdig‘idan ham o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Qudbiev Nozim Husanov

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing