Serdar Berdimuhammedov O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
01 avgust 2023
4090Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Meredov Shadurdi Oveznepesovichni Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Bu haqda davlat televideniyesining “Vatan” axborot dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Meredov Shadurdining ushbu ishga o‘tishi munosabati bilan Turkmanistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etgandi. Shuningdek, Turkmanistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xemra Togalakov hamda Turkmanistonning Gruziyadagi elchisi Dovletmirat Muratov ham lavozimidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi