Serbiyadagi raketa zavodida kuchli portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 23 noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad yaqinida do‘lli bulutlarga qarshi raketa ishlab chiqariladigan zavodda portlash sodir bo‘ldi.

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda hodisa videosi va suratini tarqatmoqda.

“Taxminlarga ko‘ra, portlash Leshtan qishlog‘idagi “Edepro” do‘lli bulatlarga qarshi raketa zavodida sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q”, deyiladi “Blic” nashri xabarida.

Portlash Buban-Potok tumanida soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da) yuz bergan.

Respublika Ichki ishlar vazirligi hodisa sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Serbiya

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing