Sentyabrdagi to‘ylarda mehmonlar sonini 30 kishidan oshirish mumkinmi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 15 avgustidan to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda to‘y marosimlari fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilandi.

Sentyabr oyida 30 kishilik to‘ylarga cheklovlar bo‘lmaydimi? Ushbu savol bilan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromovga murojaat qilindi. 

“Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 31 avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq ayni kunlarda 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.

Agar karantin choralari kuchaytirilmasa shu tartib sentyabr oyida ham davom etadi”, deydi Ikromov. 

IIVning qayd etishicha, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, marosim o‘tkazilishidan avval profilaktika inspektori marosim o‘tkazayotgan xonadon egasini rasman ogohlantirishi lozim. Belgilangan talablarni buzgan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarni buzish), ya’ni karantin qoidalariga rioya qilmay, koronavirus infeksiyasini tarqalishiga sababchi bo‘layotganligingiz uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki ushbu xatti-harakat og‘ir oqibatlarga, jumladan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlar, sektor rahbarlari hamda mutasaddi idoralar xodimlari har bir mahallada, jamoat joylari, transport va korxonalarda sanitariya talablari bajarilishi bo‘yicha temir intizomni ta’minlashi zarurligini aytib o‘tgandi. Ayniqsa, to‘y-marosimlarni bir necha kun davomida yoki bir kunda 3-4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi alohida ta’kidlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

to'y

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing