Sentyabrda Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida ikki parvoz amalga oshiriladi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways" AJ Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sentyabr oyida ikkita parvoz amalga oshirilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, parvozlar 17 va 27 sentyabr kunlariga rejalashtirilgan. 

Toshkent – Nyu-York

Toshkentdan ketish vaqti – 06:45, Nyu-Yorkga qo‘nish vaqti – 10: 55 

Nyu-York – Toshkent

Nyu-Yorkdan ketish vaqti – 12: 55,  Toshkentga qo‘nish vaqti – 09: 55 +1. 

Toshkent – Nyu-York qatnovlariga aviachiptalarni aviakompaniyaning “Uzbekistan airways sales” filialida va rasmiy veb-saytida (shu jumladan AO mobil ilovasi orqali) hamda “Uzbekistan airways” tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin. 

Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim. 


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing