Sentyabr uchun pensiyani to‘lash muddati o‘zgaradi

Jamiyat

image

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022 yil 1 sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi. Bu haqda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5 sentyabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 1-4 sentyabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing