Senatorlar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Jamiyat

image

Bugun, 12 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.  

Mazkur Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ochiq va shaffof, samarali va yaxlit tizimni yaratishdan iboratdir.

Muhokama jarayonida amaldagi Qonunning ijrosi borasidagi mavjud bo‘shliq va muammolarga ham e’tibor qaratildi.

Jumladan, xaridlar aksariyat qismining ochiqlik va shaffoflikni ta’minlovchi axborot- kommunikatsiya tizimidan foydalanmagan holda amalga oshirilishi, xarid qilish tartibini nazorat qilish tizimining bugungi talabga javob bermasligi hamda davlat xaridlari sohasidagi hujjatlarga rioya etmaslik holatlariga yo‘l qo‘yishning ko‘payishi kabi kamchiliklar uchrayotganligi ta’kidlandi.

Natijada birgina 2019 yilda 729 ta holatda 2 908,1 mlrd. so‘mlik shartnomalarning buyurtmachilar tomonidan berilgan buyurtmalar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilmasdan bitimlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bu kabi kamchiliklarga barham berish maqsadida ko‘rib chiqilgan Qonun:

•    davlat xaridlariga yo‘naltiriladigan byudjetlari mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalarning maqsadli ishlatish;

•    hukumatning kafolatlangan kredit resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;

•    davlat sektorini zarur tovar, ish va xizmatlar bilan ta’minlashda qisqa muddatlarda “narx-sifat” ko‘rsatkichlarini uyg‘unlashtirish;

•    korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijalarga erishish kabi dolzarb masalalar yechimida muhim o‘rin tutadi.

Qonunning hayotga tatbiq etilishi amalda bir-biriga zid bo‘lgan qonunchilik talablariga barham beribgina qolmay, xaridlar shaffofligini ta’minlash bilan birga tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun ham qulaylik yaratadi.

Muhokamalardan so‘ng mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat davlat xaridlari

Baholaganlar

9

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing