Senator O‘zbekistonda har beshinchi jinoyatni kimlar sodir etayotganini aytdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda 2021 yilda qadr etilgan jinoyatlarning har beshinchisi yoshlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bunga O‘zbekiston internet segmentida jangari, vahshiylikni targ‘ib qiluvchi materiallar ko‘paygani, yoshlar va voyaga yetmaganlarning totalizator o‘yinlariga qiziqishi ortgani sabab qilib keltirilmoqda. Bu haqda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev Senatning 23-yalpi majlisidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Qimor (totalizator) va tavakkalchilikka asoslangan boshqa uyinlarni Internet va ijtimoiy tarmoqlarda onlayn tarzda uynashni taklif etuvchi turli reklamalar joylashtirish, bundan tashqari, jangari, vahshiylikni targ‘ib qiluvchi materiallr ko‘paygani natijasida, yoshlar va voyaga yetmaganlarning ushbu o‘yinlarga qiziqishi ortidan turli xuquqbuzarliklar kelib chiqmoqda. 

Masalan, respublikda 2021 yilda sodir etilgan jinoyatlarning har beshinchisi yoshlar tomonidan sodir etilgan”, deydi Boqiyev.

Uning qayd etishicha, 2021 yilda 39 426 nafar fuqarolar (405 nafari voyaga yetmaganlar – tahr.)  ko‘cha va jamoat joylarida hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlar olib yurgani aniqlangan. Ular orasida 30 444 nafari pichoq, 438 nafari kastet, 592 nafari bita, 7952 nafari boshqa xavfli buyumlar olib yurgan. 

Senat yalpi majlisida senatorlar Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va zararli axborotdan himoya qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Farhod Boqiev

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing