Senator Trampni Falastinni tan olishga chaqirdi
Olam
−
20 Sentabr 2025 3643 2 daqiqa
AQSH senatori Jeff Myorkli Prezident Donald Trampni Falastin davlatini rasmiy tan olishga chaqirdi. U tarixda birinchi marta AQSH Senatida shunday rezolyutsiya taqdim etdi.
AQSHning Oregon shtatidan saylangan senatorning bayonotida aytilishicha, rezolyutsiya yetti nafar demokrat senator va bitta mustaqil senator tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Unda AQSH Prezidenti Falastin davlatini tan olishi kerakligi ta’kidlangan.
Hujjatda ikki davlat yechimi Falastin va Isroil xavfsizligi hamda farovonligi uchun muqarrarligi qayd etilib, 1967 yilgi chegaralarga oid BMT Xavfsizlik Kengashining 242-rezolyutsiyasiga ishora qilingan. Shuningdek, AQSH xalqaro huquq va ikki davlatli yechim tamoyillari asosida xavfsiz Isroilni va “demilitarizatsiya qilingan” (HAMAS kuchlaridan tozalangan) Falastin davlatini tan olishi lozimligi yozilgan.
Rezolyutsiyada, bundan tashqari, Falastin rahbariyatidan Yevropa davlatlariga bergan va’dasini bajarib, 2026 yilda saylov o‘tkazish hamda HAMASni qurol tashlashga chaqirish talablari bor.
Myorklining so‘zlariga ko‘ra, Falastin davlatini tan olish AQSHning nafaqat amaliy qadami, balki to‘g‘ri qarori bo‘ladi. U Amerika bu borada yetakchilik ko‘rsatishi shartligini ta’kidlagan. Senator, shuningdek, birinchi navbatda o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni ozod qilish va gumanitar yordam yetkazib berish zarurligini aytgan. Uning fikricha, kelajakda tinchlik va farovonlikka erishishning yagona yo‘li ikki davlat yechimidir va Falastin davlatini barpo etish maqsadini endi ortga surib bo‘lmaydi.
Rezolyutsiyani Myorkli bilan bir qatorda demokrat senatorlar Kris Van Xollen, Tim Keyn, Piter Uelsh, Tina Smit, Temmi Bolduin, Meyzi Hirono hamda mustaqil senator Berni Sanders qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektorida “zudlik bilan, so‘zsiz va doimiy” o‘t ochishni to‘xtatishni, shuningdek, Isroil tomonidan Falastin hududiga insonparvarlik yordami bo‘yicha barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qiladigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasiga veto qo‘ygandi. Rezolyutsiya loyihasi BMT Xavfsizlik Kengashining 15 nafar a’zolaridan o‘ntasi tomonidan tayyorlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025