Senator Rahmat Mamatovning vakolati muddatidan oldin tugatildi
Jamiyat
−
14 fevral 2022
12141O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi Rahmat Mamatov muddatidan oldin senatorlar qatoridan chiqarildi. Bu ma’lumotni Oliy Majlis Senatining Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.
Aytish joizki, Rahmat Mamatov joriy yilning 12 fevral kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Bunga qadar u 2020 yil 18 fevraldan beri Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Rahmat Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. U Qarshi davlat pedagogika instituti hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.
Faoliyati davomida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2020 yilning 24 yanvarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov senator etib tayinlanganini va u tegishli farmonni imzolaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi