Prezident Rahmat Mamatovni senator etib tayinladi

Jamiyat 3296
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Rahmat Toshnazarovich Mamatov Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi.

2017 yilning oktyabridan buyon Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rahmat Mamatov 21 yanvar kuni "Mahalla" kengashiga rais etib tayinlangandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar bo‘lishi va senator etib tayinlanishini aytib o‘tgandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 73
Reyting: 3
t
×