Senator: “DSQ tayyorlagan qarorda Soliq kodeksida nazarda tutilmagan me’yorlar kiritilgan”

Jamiyat

image
DSQ jismoniy shaxslarning plastik kartasidagi mablag‘ ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi north_east

DSQ jismoniy shaxslarning plastik kartasidagi mablag‘ ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik. Loyiha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Iminov ushbu qaror loyihasiga munosabatini bildirdi. Uning fikricha, mazkur loyihaning ayrim jihatlari munozarali.

“Bilamizki, Soliq kodeksining 134-moddasida aniq qilib yozilgan, bank mijozning bankdagi hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi, ularning qoldiqlari, ko‘chirmalari, soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni soliq organining so‘roviga binoan taqdim etishi kerak.

Lekin muhokamaga qo‘yilgan hujjatda bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln. so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalari soni 10 tadan oshgan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni banklar soliq idoralariga taqdim etishi belgilanmoqda.

Soliq kodeksining 134-moddasida jismoniy shaxslarning bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘larining aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topmagan.

O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, muhokamaga qo‘yilgan hujjatga Soliq kodeksida nazarda tutilmagan me’yorlar kiritilgan”, deya fikr bildirdi Odiljon Iminov.

Senatorning ta’kidlashicha, keng muhokamaga sabab bo‘layotgan hujjatni Soliq kodeksiga asosan qayta ko‘rib chiqish lozim.


Maqola muallifi

Teglar

soliq plastik karta bank Odiljon Iminov

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing